Men Haqimda | 1 - Post (UZ)
Assalomu aleykum do'stlar! Xush kelibsiz.
Mening ismim Safarov Otamurod. O'zim haqimda sizlarga shaxsiy blogimda tanishtirayotganimdan juda mamnunman. Men O'zbekistondanman. Mening kasbim dasturiy injinerlikdir. Men har doim muvaffaqiyatga yetaklovchi qiyinchiliklar bilan kurashishga tayyorman. Chunki o'ylashimcha, hayotdagi har qanday yaxshi narsaning mevasi qiyinchilik ortidan keladi, qiyinchilik bilan boshlanadi. Shuning uchun mening ko'p mehnat qilishim bir kun kelib yorqin kelejak olib kelishiga ishonaman. Shu kunlarda men dasturlash qobiliyatlarimni ustozlarim va do'stlarim yordami bilan yuksaltiryapman.
Har kimning o'z hikoyalari bor, ammo ularning hammasi ham hayotdan aniq maqsadlarga ega emas. Bu baxtsizlikning o'zi. Mening maqsadim boshqalarga hayotda o'z yo'llarini topishiga yordam berish. Shu sababli blogimga "Yo'ldagi odam" deb nom berdim. Men ta'kidlagan yo'l - bu hayot yo'lidir.
Postlarim orqali shaxsiy rivojlanishga bag'ishlangan g'oyalarimni baham ko'raman. Ha, men bu sohada mutaxassis emasman, lekin, menimcha, orzularingizni orzu bo'lib qolib ketmasligi uchun, avvalo o'zingiz ustingizda ishlashingiz kerak. O'z bilimlarimdan shuni aytishim mumkinki, ijtimoiy yutuqlar shaxsiy muvaffaqiyatlardan so'nggina kela oladi.
100... km lik masofalar 1mm dan boshlanadi deb aytolaman. Demak, yo'lingizda 1-qadamni tashlashga ikkilanmang. Ammo yo'lingiz to'g'ri bo'lishiga ishonch hosil qiling. Mening maqsadim jamiyatga foydali bo'ladigan yaxshi inson bo'lib yetishish. Men haqimda ko'proq bilish uchun ushbu havolaga o'tishingiz mumkin.
Hammaga rahmat!
Comments
Post a Comment